Qo‘shiqchi Shakira qamalishi mumkin
Barselona prokuraturasi kolumbiyalik qo‘shiqchi va raqqosa Shakirani oltita soliq jinoyatida aybladi, buning uchun u ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

14,5 million yevro to‘lashdan bo‘yin tovlagan Shakiraga qarshi tergov uch yil davom etdi.
Prokuratura maʼlumotlariga ko‘ra, Shakira Ispaniyada 2012, 2013 va 2014 yillarda soliq to‘lamagan.
Qo‘shiqchining o‘zi, o‘sha paytda u Bagamada yashagan va vaqti-vaqti bilan Ispaniyaga kelib turganini aytmoqda. Biroq, soliq inspektorlari ushbu maʼlumotni tan olishmagan.
Mamlakatning soliq rezidenti deb hisoblash uchun Ispaniyada yarim yil va bir kun yashash kifoya. Tergov, Shakira muntazam ravishda sayohat qilganini, ammo uning yashash joyi Barselonada ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, yulduz o‘z daromadlarini yashirganlikda ayblanmoqda.
Agar qo‘shiqchi tergov bilan kelishuvga rozi bo‘lsa, u holda sud jarayoni o‘tkazilmaydi.
Nasiba To‘xtayeva







