Jahon

AQSHda tornado binolarni vayron qildi

Amerikaning Pensilvaniya shtatida kuchli tornado bir necha binoni vayron qildi, 5 kishi jarohatlangan.

AQSHda tornado binolarni vayron qildi

 

Bu haqda mahalliy Bucks County Courier Times gazetasi xabar qilmoqda.

“Hammasi kinodagidek bo‘ldi. Xuddi bomba portlaganday”, - deydi mahalliy jamoat xavfsizligi xizmati rahbari Fred Xarran.

Okrugdagi kamida yetti ming aholi elektr taʼminotisiz qoldi.

Oldinroq Amerikaning Alyaska shtatida 8,1 magnitudali zilziladan so‘ng sunami xavfi eʼlon qilingan edi.

Jabrlanganlar va qurbonlar haqida maʼlumot yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"