Bezos Oyga chiqish poygasiga qaytdi
NASA 2024-yilgacha Oyga borish va uni doimiy tadqiq qilish uchun kema qurmoqchi.

Buning uchun agentlik Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi taklifini rad etib, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasini tanlagan va $2,9 mlrdlik shartnoma imzolagandi.
NASA Kongressdan hozircha shartnoma pulining 1/3 qismini olgan. SpaceX'ga yutqazgan Bezos esa paytdan foydalanib qolmoqchi.
U NASA fazogirlarini Oyga olib boradigan kema xarajatlarini qoplamoqchiligini ma'lum qilgan. Buning uchun ularga $2 mlrd taklif qildi.







