Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi
30 iyul kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 32-37 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/ s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25 daraja issiq bo‘ladi.







