Eng ko‘p qonunlarni buzgan viloyatlar reytingi eʼlon qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini eʼlon qildi.


Agentlik tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo‘yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. so‘mlik 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
-
Andijon viloyatida 34,4 mlrd. so‘mlik (104 ta);
-
Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so‘mlik (51 ta);
-
Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. so‘mlik (50 ta);
-
Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. so‘mlik (43 ta);
-
Samarqand viloyatida 12,8 mlrd so‘mlik (50 ta);
-
Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. so‘mlik (41 ta);
-
Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. so‘mlik (20 ta);
-
Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. so‘mlik (33 ta);
-
Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. so‘mlik (18 ta);
-
Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. so‘mlik (16 ta);
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd. so‘mlik (11 ta);
-
Namangan viloyatida 2,6 mlrd. so‘mlik (11 ta)
-
Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd. so‘mlik (10 ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova Buxoro viloyatida 3 ta obyekt taʼmirlash ishlari aniqlanmasdan turib yakunlaganligi aniqlanganligini maʼlum qildi.
“Agentlik xodimlari tomonidan o‘rganishlar doirasida, Buxoro viloyatida taʼlim tizimidagi muassasalarda olib borilayotgan joriy taʼmirlash ishlari o‘rganilganda, xalq taʼlimi tizimidagi 3 ta obyektda 304 mln. so‘mlik, maktabgacha taʼlim tizimidagi 1 ta obyektda 28 mln. so‘mlik jami 4 ta obyektda 332 mln. so‘mlik qurilish va joriy taʼmirlash ishlari tanlov g‘oliblari aniqlanmasdan turib, yakunlanganligi yoki taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.
Shuningdek, Buxoro viloyati Oliy taʼlim tizimidagi 5 ta obyektda jami 20,0 mlrd. so‘mlik qurilish taʼmirlash bilan bog‘liq tender savdolarini o‘tkazish jarayonida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilganligi maʼlum bo‘ldi”, – deydi Ochilova.







