O'zbekiston

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Birinchi bosqichda vaksina uchun xom ashyolar Rossiyadan olib kelinadi. Bu haqda Davlat bosh sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi

 

 

Mazkur vaksina Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan Jurabek Laboratories korxonasida ishlab chiqarilgan.

«‘Sputnik V‘ vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi. Ushbu partiya nazorat sifatidan o‘tkazish uchun Rossiyada joylashgan Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markaziga yuboriladi. Bu zaruriy jarayon, u hamma yerda qo‘llaniladi. Hozirda tekshiruv natijalarini kutyapmiz, sifati to‘g‘ri kelsa, bu vaksinani ishlab chiqarish amalga oshiriladi», — deydi Yusupaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, Xitoy tomoni bilan ham vaksina ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda.

«Xitoylik hamkasblarimiz Jurabek Laboratories korxonasida tashkillashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlaridan to‘liq qoniqish hosil qilgan», — deya taʼkidlaydi Davlat bosh sanitariya vrachi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgani maʼlum qilingan edi. O‘zbekiston tomoni bunday taklif bilan 2020 yilning dekabridayoq chiqqan va ishlab chiqarish maydonchasi sifatida Tashkent Pharma Park hududini taklif qilgan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi ishlab chiqarildi | Zamon.uz