Ukraina Turkiyaga yong‘inlarni o‘chirish uchun yordam yubordi
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining ikkita yong‘inga qarshi samolyoti Turkiyaga yordamga yuborildi.


Taʼkidlanishicha, Ukraina maxsus guruh ham jo‘natgan.
Ular tog‘li hududlarda tajribaga ega bo‘lgan va ilgari Chernogoriya, Isroil va Gruziyada keng ko‘lamli yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etgan tajribali mutaxassislardir.
Turkiyadagi yong‘inlarning umumiy maydoni 1500 gektardan ortiq.
Ofat natijasida 4 kishi halok bo‘ldi va 183 kishi jarohatlandi, shundan 58 kishi kasalxonaga yotqizilgan. 100 dan ortiq xususiy uylar va inshootlar shikastlangan. Qutqaruv xizmatlari 36 ta o‘rmon yong‘inlarini o‘z nazoratiga oldi, 20 ta yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, Turkiyada o‘rmon yong‘inlari Marmarisga yetib kelgan.
Nasiba To‘xtayeva







