Yaponiyada favqulodda holat rejimi uzaytirildi
Yaponiya iqtisodiy tiklanish vaziri Yasutosi Nisimura Tokioda COVID-19 tufayli eʼlon qilingan hukumat favqulodda holat rejimini 31 avgustgacha cho‘zganini eʼlon qildi.

“Biz Tokio va Okinavada favqulodda holat rejimini uzaytirishga qaror qildik”, - dedi Nisimuri ekspertlar komissiyasi yig‘ilishida.
Vazir ro‘yxatga Saytama, Kanagava, Tiba va Osaka prefekturalarini ham qo‘shdi.
Oldinroq Yaponiya hukumati Tokioda 22 avgustgacha favqulodda vaziyat rejimini eʼlon qilgan edi.
Sharofat Mahmudova







