Germaniya sharqida turistik avtobus halokatga uchradi
Germaniya sharqida sayyohlik avtobusi bilan ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi tan jarohati oldi, to‘qqiz kishining ahvoli og‘ir, deya xabar berdi N24 telekanali.


"Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, avtobusda 17 yo‘lovchi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, kamida 17 kishi turli jarohat olgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, to‘qqiz kishining ahvoli og‘ir. Avariya sabablari o‘rganilmoqda», dedi politsiya vakili.
Avvalroq, RBB telekanali Germaniya sharqida sayyohlik avtobusi avariyasida 18 nafar jabrlanganlar haqida xabar bergan edi. Avtohalokat yuz bergan Avtoban A13 ikki tomonlama yopilgan, to‘rtta qutqaruv vertolyoti ishlamoqda, deya xabar berdi telekanal.







