Xitoylik milliarder siyosiy mavzularda keskin gapirgani uchun 18 yilga qamaldi
67 yoshli San Davu Xitoyning Hebey provinsiyasidagi eng katta qishloq xo'jaligi kompaniyasiga egalik qiladi.

Dawu Group'ning yillik daromadi $456 mlnga yetadi.
San hukumatning doimiy tanqidchisi bo'lib, 2019-yilda hukumatni Afrika cho'chqa grippi tarqalish statistikasini yashirishda ayblagan.
San Davu inson huquqlari va nozik siyosiy mavzularda ochiq gapirgani, mamlakat faollariga nisabatan provakatsiya qo'zg'ash, yerlarini noqonuniy o'zlashtirishda ayblangan.
U 18 yilga qamoq va $500 mlnga yaqin jarimaga tortilgan. Hukumat Alibaba, Tencent, Didi kabi yirik texnologiya kompaniyalarga tazyiq qilib, ular ustidan tekshiruv o'tkazyapti.







