Maoshini olmagan ekskovatorchi yangi qurilgan binoning bir qismini buzib tashladi
Germaniyaning Blumberg shahrida maoshini olmaganidan xafa bo‘lgan ekskavatorchi yangi qurilgan uyning bir qismini buzib tashladi.

Bu haqda Bild nashri xabar qilmoqda.
Erkak ekskavatori yordamida yangi qurilgan binoning balkonlarini buzib tashlagan. Shuningdek, avtomobil qo‘yish joylari ham zarar ko‘rgan. Mahalliy huquq-tartibot organlari maʼlumotiga ko‘ra, erkak yetkazgan zarar 500 ming yevroga baholanmoqda.
Voqeani ellikka yaqin odam kuzatgan. Qonunbuzar binoning bir qismini buzib hovuridan tushgach, mashinasiga o‘tirib ketgan. Shundan so‘ng uning o‘zi politsiya bo‘linmasiga kelgan. Aytishicha, u mast bo‘lmagan va narkotik moddalar taʼsiri ostida bo‘lmagan.
Hozir mutaxassislar voqea binoning umumiy holatiga qanday taʼsir qilganini o‘rganishmoqda.
Sharofat Mahmudova







