3 yarim metrli qo‘g‘irchoq sayrga chiqdi
Turkiyaning G‘oziantep shahri bo‘ylab 3,5 metrli qo‘g‘irchoq sayrga chiqdi.

U 9 yoshli qochoq qiz kichkintoy Amalning ramziy ifodasidir.
“Kichkina Amal”ning missiyasi 8 davlatda bo‘lib, 8000 km. masofani bosib o‘tishdan iborat. Tashkilotchilar ana shunday yo‘l bilan butun dunyodagi muhojirlar, jumladan, bolalar muammosiga eʼtibor qaratishmoqchi. Ushbu loyiha “Sayr” deb nomlangan. Amal so‘zi arabchada “umid” degan maʼnoni anglatadi.
Qo‘g‘irchoq qizchaning sayohati G‘oziantepdan boshlanib, Angliyaning Manchesterida tugaydi. Sayohat Yevropa Ittifoqiga borish uchun safarga chiqadigan migrantlar yo‘nalishi bo‘ylab kechadi.
Qo‘g‘irchoqni 3 kishi boshqaradi, ulardan 2 nafari qochoq.
“Kichkina Amal” yo‘nalishi bo‘ylab 100 dan ortiq tadbir rejalashtirilgan.
Sharofat Mahmudova







