500 nafarga yaqini afg‘onistonlik GFRga ko‘chib ketish istagini bildirdi
Germaniya hukumati vakillari shanba kuni Dohada “Tolibon” aʼzolari bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgan.

Bu haqda Bild gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar qilmoqda.
Nashr maʼlumotiga ko‘ra, muzokarada Germaniya tomonidan Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus komissar Yasper Vik qatnashgan.
Taʼkidlanishicha, uchrashuvda Afg‘onistondagi Germaniya gumanitar tashkilotlar xodimlari hamda Bundestag va GFR federal politsiyasiga xalqaro operatsiyalarda yordam bergan afg‘onlarning xavfsizlik kafolati masalalari muhokama qilingan.
Ayni paytda Afg‘onistonda 700 nafarga yaqin mahalliy aholi Germaniya gumanitar tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan, ulardan 500 nafarga yaqini GFRga ko‘chib ketish istagini bildirgan.







