Jahon

Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi

 

 Akayev “Qumtor” Oltin koni bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida Qirg‘izistonga keltirilgan. Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi Asqar Akayev va boshqa yuqori martabali sobiq amaldorlarni 1992 yil “Qumtor” bo‘yicha bosh loyihani tuzishda, 1994 yilda kelishuvga o‘zgartirishlar kiritishda, bundan tashqari 2003 yilda Kanadaning Cameco kompaniyasi bilan tuzilgan bosh shartnomani qayta tuzishdagi korrupsion holatlar uchun javobgarlikka tortilganini maʼlum qildi. 


Asqar Akayev 1990-2005 yillarda Qirg‘iz respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2005 yildagi Lola Inqilobi natjasida hokimiyatdan chetlatilgan. Shundan keyin u Rossiyaga ketgan. Bu yerda sobiq prezident ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan.


Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat qo‘mitasi 2021 yil 8 iyul kuni Respublikaning sobiq prezidentlari- Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyevni  “Qumtor”  ishi doirasida xalqaro qidiruvga bergan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi | Zamon.uz