Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvda 270 nafarga yaqin falastinlik jarohatlandi
Iordan daryosi g‘arbiy sohilida Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvlar paytida 270 nafarga yaqin falastinlik jarohat oldi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Isroil harbiylari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanishgan. 50 ga yaqin kishi rezina o‘qi, yetti kishi qurol o‘qidan tan jarohati olgan.
Eng yirik to‘qnashuvlar Nablus shahri yaqinidagi Beyta qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. U yerda shu yilningmay oyidan beri norozilik namoyishlari davom etib kelmoqda.
So‘nggi hafta ichida Baytda Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvlar natijasida ikki nafar falastinlik halok bo‘ldi.







