Kaliforniyada Robinson R66 vertoleti qulab tushdi
Kuni kecha Amerikaning Kaliforniya shtatida Robinson R66 vertolyoti qulab tushdi.

Natijada bortda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘ldi. Mahalliy CBS13 telekanali xabariga ko‘ra, vertolyot bortida 4 kishi bo‘lgan.
Koluz okrug sherifi vertolyot Sakramento shahri yaqinida mahalliy vaqt bilan 23:15 da qulagani, voqea joyidan favqulodda xizmat va politsiya xodimlari 4 kishining jasadini topganini maʼlum qilgan.
Voqea sabablari hozircha ochiqlanmagan.







