Rossiyada ona uxlayotganida ikki oylik go‘dagini "ezib qo‘ydi". Go‘dak o‘ldi
Janubiy Saxalinsk shahrida yashovchi fuqaro ikki oylik o‘g‘lini uxlayotganida bosib qo‘ydi, bola nafas qisilishidan vafot etdi, deb xabar berdi dushanba kuni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

"Viloyat markazining 26 yoshli fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, gumondor divanda ikki oylik o‘g‘li bilan uxlab qolgan. Ayol bolani tanasi bilan ezib qo‘ygan.
Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvchiga nisbatan joyni tark etmaslik va to‘g‘ri xulq-atvor tarzida ehtiyot chorasi tanlandi.







