Shavkat Mirziyoyev 5-6 avgust kunlari Turkmanistonga boradi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining joriy haftadagi rejalari bo‘yicha maʼlumotlar berdi.

“Bu haftada bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Jumladan, Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha taqdimot hamda hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Juma kuni Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuvda qator tadbirlar rejalashtirilgan”, dedi Sherzod Asadov.







