Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi emlangani maʼlum qilindi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari uchun o‘tkazib kelinayotgan anʼanaviy brifingda prezident vaksina qabul qilganiga oid maʼlumot berdi.

“Davlatimiz rahbari masʼuliyatli fuqaro sifatida vaksinatsiya jarayoniga jiddiy qaraganlar va emlanish muolajalarini to‘la qabul qilib bo‘lganlar. Prezidentimiz vaksina qabul qilayotgan vaqtlarida O‘zbekistonda uchta vaksina bo‘yicha emlash olib borilayotgandi, bular Xitoy va O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqilgan vaksina, “Sputnik V” va “AstraZeneka” vaksinalari edi. Davlat rahbari shu vaksinalardan birini qabul qilgan.
Ayni paytda respublikamizda vaksinatsiya jarayoni jadal davom ettirilmoqda. Prezidentimiz xalqparvar rahbar sifatida fuqarolarni emlanishga daʼvat etadi”, – dedi Sherzod Asadov.







