Sobiq Prezideng orolda katta bazm uyushtirmoqchi
AQSH sobiq Prezidenti Barak Obama 4 avgustda 60 yilligini nishonlaydi.

Fox News telekanalining xabar berishicha, Obama shu kuni Martas-Vinʼyard orolida katta bazm uyushtirmoqchi.
Orol Massachussets shtati sohiliga yaqin joylashgan. Unda asosan boy va mashhur amerikaliklar dam olishadi.
Obama Prezidentlik davrida ham bu yerda dam olishni yaxshi ko‘rgan. 2019 yilda ana shu oroldan 12 million dollarga uy sotib olgan. Xabarlarga ko‘ra, Obama 2 kundan keyin ko‘plab mashhur mehmonlarni shu yerda kutib oladi. Ular orasida Opra Uinfri, Jorj Kluni kabi yuzduzlar bor.
Ammo AQSHda koronavirusning “delta” shtammi bilan bog‘liq bugungi vaziyat turli tadbirlar o‘tkazishni man qiladi. Massachusetsda vaksina qabul qilganlar ham jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda niqob taqishi shart.
Sobiq Prezident matbuot xizmati OAV savollariga javob qaytarmagan, ammo tantana rejalashtirilganini norasmiy tarzda tasdiqlagan va mehmonlardan vaksinatsiya to‘g‘risidagi sertifikat talab qilinishini ham aytgan.
Sharofat Mahmudova







