Suvosti haykallari muzeyi ochildi
Kuni kecha Kiprdagi Ayya-Napada O‘rtayer dengizidagi birinchi suvosti haykallari muzeyi ochildi.

MUSAN muzeyi dayver va niqobli suzuvchilarga mo‘ljallangan, undan mashhur britaniyalik Jeyson de Kayser Teylorning 93 ta asari o‘rin olgan. U Perner plyajidan 200 metr narida joylashgan.
Haykallar dengiz jonivorlarini jalb qiluvchi materiallardan ishlangan va turli chuqurlikda o‘rnatilgan.
Loyiha qiymati —1 million yevro. Yangi muzeyga 50 ming nafargacha chet ellik sayyohni jalb etish mo‘ljallanmoqda.
Sharofat Mahmudova







