Turkiya prezidenti yong‘inlardan zarar ko‘rgan hududlarini tabiiy ofat zonasi deb eʼlon qildi
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on 30 -iyul, shanba kuni mamlakatning yong‘inlardan zarar ko‘rgan hududlarini tabiiy ofat zonasi deb eʼlon qildi.

"Biz o‘rmon yong‘inlaridan zarar ko‘rgan hududlarimizni ofatlar zonasi deb eʼlon qildik. Biz xalqimizning yaralarini davolash va zararni bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz", - deb yozadi davlat rahbari Telegramda.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Adana, Antaliya, Mug‘la, Mersin va Usmoniya viloyatlarida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan hududlar tabiiy ofatlar zonasi deb eʼlon qilingan.
Nasiba To'xtayeva







