Turkiyadagi terrorchi guruh o‘rmon yong‘inlarini uyushtirganini tan oldi
Turkiyada o‘rmon yong‘inlari besh kundan beri davom etmoqda.

Qurbonlar soni 8 kishiga yetdi. 850 dan ortiq odam jarohatlangan. Ko‘plab aholi uy-joysiz qoldi. 40 daraja issiq havo alangani o‘chirishni qiyinlashtirmoqda. Antaliya va Mugladagi sayyohlar kurortlarni tark etishmoqda. Sohil qo‘riqchilari va mamlakat harbiy dengiz kuchlari ommaviy evakuatsiyaga tayyor turibdi. Olov Bodrumning aholi yashash punktlarigacha yetib borib, odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qilyapti. O‘rmonga qasddan olov qo‘yilgani aytilmoqda. Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan “Olov bolalari tashabbusi” harakati yong‘inlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi xabar berdi.
Alanga fronti qurg‘oqchilik va kuchli shamol tufayli kengayishda davom etmoqda. Dam olish kunlari Gretsiya g‘arbida ham 120 ta alanga o‘chog‘i aniqlandi. Ulardan eng yirigi Rodos orolida qayd etilgan. 4 ta aholi yashash punkti evakuatsiya qilindi.
Sitsiliyada alangani o‘chirishga 800 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. Ammo orol hukumati alangaga bas kela olmayotganini aytib, Rimdan yordam so‘radi. Italiya huquq-tartibot organlari ham alanga qasddan olov qo‘yish oqibatida paydo bo‘lganini aytishmoqda.t talab qilinishini ham aytgan.







