Turkiyaning Izmir shahriga meteorit tushdi (video)
Turkiyaning Izmir shahri aholisi 31 iyul, shanbaga o‘tar kechasi meteorit tushishiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Sabah gazetasi maʼlumotlariga ko‘ra, tungi vaqtda taxminan 1:54 da (Toshkent vaqti bilan 3:54) osmon yorishib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yerga meteorit yoki kosmik chiqindi bo‘lagi qulaganini taxmin qilmoqda. Meteorit qulagani haqidagi xabar rasman tasdiqlanganicha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyulga o‘tar kechasi Sharqiy Norvegiya osmonidan meteorit uchib o‘tib, yerga qulagan edi. Norvegiya meteor tarmog‘i ushbu maʼlumotni tasdiqladi.







