"Tolibon terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi lozim " Muhammad Xanif Atmar
Tolibon terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerak.

Atmarning taʼkidlashicha, “Tolibon” chet ellik tarafdorlari yordamida hukumat armiyasi bilan 31 viloyatda urush olib bormoqda. Vazir bu “Tolibon”ning eng g‘ayriinsoniy va yovuz harbiy kapmaniyasi ekanligini alohida qayd etdi. Bundan avvalroq harakat Ashraf G‘anini yo‘q qilish bilan ham tahdid qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, AQSH Afg‘onistondan o‘z harbiylarini chiqarishni boshlaganidan so‘ng Tolibon yana-da jonlandi.
Bugun shuningdek, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan mamlakatdan faqat tarjimonlar emas, NATO va AQSH bilan harbiy operatsiyalar davrida hamkorlik qilgan boshqa fuqarolar ham evakuatsiya qilinishini maʼlum qildi. AQSH Davlat Departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatdan chiqarilishi kutilayotgan kishilar AQSHga qochqin sifatida ko‘chib kelishi mumkin bo‘ladi.







