MakSim mustaqil nafas ola boshladi
Mashxur xonanda MakSim iyun oyida yuqori darajali pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. 19 iyun kuni u reanimatsiyaga o‘tkazildi va sunʼiy koma holatiga tushirildi.


Ayni damda olingan xabarlarga ko‘ra, MakSim hushiga keldi: u ESMO apparatidan uzildi, kislorodli niqob orqali mustaqil nafas ola boshladi.
Xonanda hali ham reanimatsiyada, biroq shifokorlar ahvoli barqaror deb baholamoqda. Eng ko‘p azob chekkan o‘ng o‘pka tuzala boshladi.
Biroz avval qo‘shiqchining yuragi va o‘pkasining o‘ng qismida muammolar ortgani aytilgandi.







