O‘zbekiston elektr energetika sohasi uchun YTTBdan 81,6 mln. yevro qarz olyapti
Mablag‘ning asosiy qismi elektr energetika stansiyalarining xodimlari ish haqi uchun sarflanadi.

Bu haqda 2 avgust kuni elektr energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 81,6 mln yevro qarz jalb qilinmoqda. Ushbu kredit yetti yil muddatga 30 oylik imtiyozlik davr bilan hamda bir yillik 1 foiz +6 oy Euribor stavkada olinmoqda.
Maʼlum bo‘lishicha, qarz Toshkent, Navoiy, Taxiatosh, Sirdaryo, Talimarjon issiqlik elektr stansiyalari aylanma mablag‘lari va operatsion likvidlik ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi. Qarz mazkur stansiyalarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Qayd etilishicha, mablag‘ning asosiy qismi — 44,9 mln yevrosi xodimlar ish haqi fondi, 31,1 mln yevrosi esa asbob-uskunalar uchun sarflanadi. Jumladan:
“Toshkent issiqliq elektr stansiyasi” AJning xodimlari ish haqi uchun 8,2 mln yevro;“Navoiy issiqliq elektr stansiyasi” AJning xodimlari ish haqi uchun 5,2 mln yevro;“Taxiatosh issiqliq elektr stansiyasi” AJning xodimlari ish haqi uchun 10,2 mln yevro;“Sirdaryo issiqliq elektr stansiyasi” AJning xodimlari ish haqi uchun 12,6 mln yevro;“Talimarjon issiqliq elektr stansiyasi” AJning xodimlari ish haqi uchun 8,5 mln yevro sarflanadi.







