O'zbekiston

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida birinchi yarim yillik natijalari asosida yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash bo‘yicha aniq choralar belgilab olinmoqda.

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi

 

 

Davlat rahbari taʼkidlashicha, o‘tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sgan. Bunga asosan sanoat 8,5 foiz, investitsiyalar 5,9 foiz va xizmatlar hajmi 8 foizga oshgani hisobiga erishildi. Inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi.

Ushbu davrda jami 200 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatda yuqori o‘sish surʼatlari Qashqadaryoda 26 foiz, Sirdaryoda 23, Jizzaxda 15, Toshkent shahrida 14 va Namanganda 12 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublikada jami 14,7 foizga oshgan.

Hududiy investitsiya dasturlari doirasida birinchi yarim yillikda prognozga nisbatan 2,5 barobar ko‘p yoki 5 ming 246 ta loyiha amalga oshirilgan.

Hisobot davrida mamlakatda jami 53 ming yangi kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, 2020 yilga nisbatan 14 foizga oshgan.

2021 yil birinchi yarim yillikda esa 190 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari o‘zlashtirildi. 2020 yilning birinchi yarmiga nisbatan xizmatlar ko‘rsatish hajmi 18,3 foizga oshdi.

Prezident hududlar va tarmoqlarni barqaror rivojlantirish uchun yaratilayotgan moliyaviy va iqtisodiy sharoitlarni sanab o‘tdi.

Jumladan, sanoat tarmoqlariga bir yarim yil davomida 50 trillion so‘mdan ziyod bojxona imtiyozlari va tarif preferensiyalari berilgan. Birgina avtomobil sanoatiga 9,5 trillion so‘mlik, neft-gaz tarmog‘iga 2,8 trillion so‘mlik bojxona imtiyozlari taqdim etilgan.

So‘nggi 3 yilda qishloq xo‘jaligiga 1,5 trillion so‘m subsidiya ajratildi. Qishloq xo‘jaligini barcha yo‘nalishlarida klaster tizimi joriy qilinib, ularga 2021 yilning o‘zida 6 trillion so‘mdan ziyod kreditlar berildi.

Chorvachilik sohasida boshqaruv Veterinariya qo‘mitasiga berilib, uning tarkibida alohida agentlik tashkil qilindi. So‘nggi 3 yilda sohaga 350 million dollarga yaqin imtiyozli mablag‘lar jalb etildi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha alohida Prezident qarori qabul qilinib, tadbirkorlar uchun zarur imtiyozlar va barcha imkoniyatlar yaratib berildi. Xususan, birinchi bosqichda 7 ta tijorat bankiga 1 trillion 575 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Davlat rahbari yig‘ilishda avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, charm sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, jumladan, kartoshkachilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik, parrandachilik, oziq-ovqat sanoati, xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Yirik tarmoq sanoat korxonalarida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish, elektr energiyasi generatsiya quvvatlarini 1 ming 800 megavattga oshirish, yirik mahalliy sanoat korxonalarida 60 trillion so‘mlik yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish, to‘qimachilikda 15,3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 1,7 milliard dollarlik eksportni taʼminlash, 3,5 million tonna paxta yetishtirish, 1,5 million tonna go‘sht, 6,5 million tonna sut ishlab chiqarish, 1 ming 113 ta mahallani jamoat transporti bilan qamrab olish, yillik inflyatsiya darajasini prognoz ko‘rsatkichlari – 10 foiz doirasida bo‘lishini taʼminlash shular jumlasidan.

Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoq va hududlar rahbarlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot berdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etdi | Zamon.uz