O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tish uchun fuqarolar qat’iy amal qilishi talab etiladigan uch muhim shartni aytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tish uchun fuqarolar qat’iy amal qilishi talab etiladigan uch muhim shartni aytdi

 

Tadbirni ochar ekan, davlat rahbari pandemiyani yengib o‘tish doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi.

“Pandemiya davrida dunyo bo‘ylab koronavirus aniqlangan 200 million nafar bemorning 4,2 million nafari vafot etdi. Mamlakatimizda ham iyun oyining ikkinchi yarmi va iyul oyidan kasallanish ko‘rsatkichlari keskin o‘sib, kunlik yangi kasallanish holatlari o‘rtacha 750-800 tani, pnevmoniya esa 450-500 tani tashkil etmoqda.

Bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor shifoxonada, 3 ming nafari uy sharoitida davolanayotgan bo‘lsa, 2,4 ming nafari og‘ir, 890 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Shunday bo‘lsa-da, kasallikni davolash va uni oldini olish bo‘yicha yetarli tajriba orttirdik. Sog‘liqni saqlash tizimi shay holatga keltirilib, barcha zarur vositalar, yetarli dori-darmon va tibbiyot jihozlari bilan ta’minlandi. Ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlari keskin karantin cheklovlarisiz faoliyatini davom ettirmoqda.

Pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tishimiz va keyingi to‘lqinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, xalqimizdan 3 ta muhim shartga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Birinchidan, virusdan himoyalanish va uni yengishning eng muhim sharti – bu, albatta, vaksinatsiya. Qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ushbu maqsadlar uchun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaksina olib keldik. Qaysi turdagi vaksina bilan emlanish bo‘yicha aholida tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Shu bois emlash tadbirlarini keng joriy etish maqsadida kuni kecha maxsus qonunni imzoladim. Ushbu qonun orqali ish beruvchilarga sog‘lig‘iga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan, lekin profilaktik emlashni rad etgan xodimlarini ish joyiga kiritmaslik huquqi berildi.

Ikkinchidan, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlash talablariga rioya qilish, jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish – kasallikdan eng samarali himoya ekanini unutmaslik lozim.

Afsuski, odamlarimiz bu talabni unutib, esdan chiqarib qo‘ygani ham, ayni haqiqat. Cheklovlarga qaramasdan, joylarda ko‘p kishilik to‘ylar, turli xil marosimlar to‘xtagani yo‘q.

Shu bilan birga, joriy haftadan oliygohlarga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi, bu tadbirlarda respublika bo‘yicha kuniga 100 mingga yaqin abituriyent qatnashadi. Ushbu tadbirlarni ham karantin talablari asosida tashkil etish zarur.

Uchinchidan, kasallik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning o‘zboshimchalik bilan, pala-partish dori vositalarini iste’mol qilishining oldini olish zarur.

Afsuski, bemorlar uy sharoitida noto‘g‘ri davolanishlari natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqmoqda”, – dedi Prezident.

Sog‘liqni saqlash mutasaddilari oldiga uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni tizimli nazoratini hamda to‘g‘ri davolanishni targ‘ib qilish topshirig‘i berildi. Buning uchun, maxsus tibbiyot brigadalari sonini kamida 2 baravarga oshirish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Bosh prokurorga viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bilan birgalikda dorixonalarda koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari narxining asossiz oshishi va ularning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlarini kuchaytirish topshirildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev pandemiyadan imkon qadar yo‘qotishlarsiz o‘tish uchun fuqarolar qat’iy amal qilishi talab etiladigan uch muhim shartni aytdi | Zamon.uz