Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida 18 kishida koronavirus aniqlandi
Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida bir kunda 18 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi.

Virus yuqtirganlardan biri - Gretsiya sportchisi. U sinxron suzish bilan shug‘ullanadi. Qayd etilishicha, sportchi qiz karantinga olingan. Qolgan bemorlarning shaxsi va fuqaroligi to‘g‘risida maʼlumotlar yo‘q.
Musoboqa davomida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 294 taga yetdi.
Nasiba To‘xtayeva







