“Tolibon”lar Lashkargohdagi milliy telemakaz ofisini qo‘lga kiritdi
Buning oqibatida Hilmend axborot vositalaridan butkul uzilib qoldi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki kunda telemarkaz binosida hech kim bo‘lmagan.
Lashkargoh Afg‘oniston janubida joylashgan eng yirik viloyat — Hilmendning markazi sanaladi.
Ayni paytda Hukumat kuchlari bilan “Tolibon”lar o‘rtasida 15 ta hududda kurash ketmoqda.
Hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, bir sutkada 455 nafar “tolibon” yo‘q qilingan. “Tolibon”lar ham Parvona va Nangarxarda bir qancha harbiy yarador bo‘lgani haqida xabar tarqatgan.
Biroz avval , Afg‘oniston Tashqi Ishlar vaziri Muhammad Xanif Atmar Rasmiy Qobul faqat bir shart bilan “Tolibon” bilan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qilib, buning uchun Tolibon terrorizmni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi kerakligini aytgandi.
Sharofat Mahmudova







