Ulyanovskdagi uylardan birida besh va uch yoshli bolalar bir necha kun yolg‘iz qolgani aniqlandi
"V Kontakte" ijtimoiy tarmog‘ining “ Ulyanovsk: ayni paytda” ("Seychas v Ulyanovske" ) sahifasida xaroba, axlatga to‘la uyda voyaga yetmagan ikki bolaning suratlari eʼlon qilingan edi.


Ana shundan so‘ng viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Besh yoshli o‘g‘il bola ijtimoiy-reabilitatsiya markaziga yuborildi, uch yoshli kizcha esa shifoxonaga yotqizildi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, bolalarning onasi ularni oziq-ovqat, kiyim va yotoq joy bilan taʼminlashda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan. Ona bolalarini yolg‘iz o‘stirgan, uzoq vaqt qarovsiz qoldirgan.


Ulyanovsk viloyati Oila, demografik siyosat va ijtimoiy farovonlik vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, oila ijtimoiy xavfli holatdagilar ro‘yxatida bo‘lmagan.
Viloyat hukumati onani sud orqali onalik huquqidan mahrum qilmoqchi.
Sharofat Mahmudova







