Zoom foydalanuvchilariga 85 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
AQSHda foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilgani uchun Zoom ilovasi katta miqdorda mablag‘ to‘lashini bildirdi.

Foydalanuvchilar himoyaning yetarli emasligi tufayli Zoom‘ni sudga berishdi. Natijada Zoom maʼlumotlarini oshkor qilgani uchun 85 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, pandemiya davrida Zoom eng mashhur ilovalardan biriga aylandi. 2020 yilda kompaniyaning daromadi 2,6 milliard dollarni tashkil etdi.







