Jahon

Afg‘oniston AQSH bosimi ostida 5 ming jangarini ozod qilgan

Afg‘oniston hukumati o‘tgan yili AQSH bosimi ostida 5 ming “Tolibon” jangarisini ozod qilgan edi.

Afg‘oniston AQSH bosimi ostida 5 ming jangarini ozod qilgan

 

Sobiq asirlar hozirda Hilmand viloyati poytaxti Lashkargohga hujumda eng asosiy rol o‘ynamoqda. Bu haqda Wall Street Journal maʼlum qildi.

 

Nashr maʼlumotlariga ko‘ra ozod qilinganlar orasida “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Mavlaviy Tolib ham bo‘lib, u hozirda Lashkargohga qilinayotgan hujumning rahbari hisoblanadi. Hukumat dastlab asirlarni ozod qilishni istamagan, ammo Vashington bosimi ostida ular qo‘yib yuborilgan. Asirlar ozod qilinishi ortidan hukumat bilan kelishuv imzolashgan, unga ko‘ra ular Afg‘oniston armiyasiga qarshi urush qilmaslikka vaʼda berishgan edi.

 

Afg‘oniston mudofaa vazirligi rasmiy vakili Favod Omonning so‘zlariga ko‘ra, sobiq asirlarning aksariyati qo‘liga qayta qurol olgan va ushbu jangarilar “Tolibon” safidagi eng “shafqatsiz terrorchilar hisoblanadi”.

 

Afg‘onistonda mamlakatdagi kattagina hududni boshqarayotgan “Tolibon” harakati va hukumat o‘rtasida keskin kurash ketmoqda. Biroz avval, “Tolibon” harakati Lashkargohdagi telemarkazni egallagani haqida xabar berilgandik.

 

Qayd etish kerakki, Afg‘onistondagi beqaror vaziyat AQSH o‘z harbiylarini joriy yilning 11 sentyabriga qadar mamlakatdan olib chiqib ketishini eʼlon qilganidan so‘ng keskinlashdiю

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Afg‘oniston AQSH bosimi ostida 5 ming jangarini ozod qilgan | Zamon.uz