Jahon

Afg‘oniston mudofaa vaziri xonadoni o‘qqa tutildi

Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismilla Xon Muhammadiyning Qobuldagi uyiga uyushtirilgan hujum natijasida 4 kishi halok bo‘ldi va yana 20 kishi yaralandi. Bu haqda France Press agentligi xabar qilmoqda.

Afg‘oniston mudofaa vaziri xonadoni o‘qqa tutildi

 

 

Jangarilar vazirning uyi oldida avtomobilni portlatib, bir necha marta o‘q uzishgan.


Hujum uyushtirgan 4 kishi voqea joyida o‘ldirildi. AQSH davlat departamenti maʼlumotiga ko‘ra, hujumchilar “Tolibon” harakati aʼzolari bo‘lgan.


Vazirning oilasi vaqtida evakuatsiya qilindi. Voqeadan biroz o‘tgach, Bismilla Xon Muhammadiyning o‘zi oilasining ahvoli yaxshiligini eʼlon qildi.


Biroz avval, o‘tgan yili Afg‘oniston hukumati AQSH bosimi ostida ozodlikka chiqargan 5 ming “Tolibon” jangarilari ayni damda mamlakatdagi kurashda asosiy kuch vazifasini o‘tayotgani haqida xabar qilgan edik. 


Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Jo Bayden 11 sentyabrga qadar Afg‘onistondan qo‘shma shtatlar harbiylari chiqarilishi haqida eʼlon qilganidan so‘ng vaziyat yana-da keskinlashdi. Ayni damda “Tolibon” mamlakatning kattagina qismini qo‘lga olgan. Pokiston bilan chegarador hududda o‘z bayrog‘ini ham o‘rnatgan.

 

Sharofat Mahmudova

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Afg‘oniston mudofaa vaziri xonadoni o‘qqa tutildi | Zamon.uz