O'zbekiston

Aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etilmoqda

Viloyat hokimliklarida aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etiladi. Ularning faoliyatiga hokimlar rahbarlik qiladi. «Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi», — degan edi Shavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni ushbu masalalarga oid videoselektorda.

Aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etilmoqda

 

23 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda viloyat, tuman va shahar hokimlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilishga ajratishi, shuningdek, hokimliklarda kunlik qabul yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

«Har bir hokimning kabineti „xalq qabulxonasi“ bo‘ladi. Murojaatlarni ko‘rib, nimalarga eʼtibor qilish bo‘yicha har bir rahbarning strategiyasi bo‘lishi kerak», — degan edi prezident.

Prezident Xalq qabulxonasining “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikaning barcha hududlarida viloyat, tuman va shahar hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, sektorlar rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha masʼul xodimlar uchun maxsus o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Tashkil etilgan mazkur seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash bo‘yicha amaliy ko‘mak va ko‘rsatmalar ham berilyapti.

Joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo‘yicha hokimliklar qoshida «Tezkor shtab«lar tuzilyapti. Viloyat hokimi «Tezkor shtab» faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, belgilangan vazifalar hamda topshiriq va tavsiyalar ijrosini taʼminlaydi, sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazadi.

Shuningdek, shtablar tarkibiga mutasaddi tashkilotlardan buyruq asosida ijrochi xodim ajratiladi. Shtabning ijro hujjatlarini elektron bazaga kiritish uchun 4 ta kompyuter va 4 ta printer hamda 4 ta xodima ajratildi. Tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha maʼlumotlar Xalq qabulxonasiga va viloyat shtabiga o‘z vaqtida taqdim etilishi kerak.

 

«Tezkor shtab» guruhi murojaatlarni elektron bazasiga kiritadi, korxonalar tomonidan qayta o‘rganilgan murojaatlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari bo‘yicha kunlik maʼlumotlarni yig‘adi. Natijada ushbu ko‘rsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari o‘rgangan holda hujjatlar yig‘ib boriladi.

Bugungi kunga qadar o‘quv seminarlar Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Aholi murojaatlarini hal qilish uchun «Tezkor shtablar» tashkil etilmoqda | Zamon.uz