Avstraliyada 2 yarim mingga yaqin aviakompaniya xodimi o‘z hisobidan taʼtilga chiqadi
Avstraliyadagi yirik aviakompaniya — “Qantas “ 2 yarim mingga yaqin xodimini o‘z hisobidan taʼtilga yuborishini maʼlum qildi.

Rahbariyat buni mamlakatda koronavirus keng tarqalishi bilan izohlagan.
"Bu qaror uchuvchilar va ichki reyslar styuardessalariga, shuningdek, Yangi Janubiy Uels aeroportlari va boshqa bir qator mintaqalarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga taalluqlidir", deyiladi aviakompaniya xabarida.
“Qantas” rahbariyati parvozlar soni kamaygani sababli shunday qarorga kelgan. Kompaniya “Karantin tugagab, reyslar tiklanganidan so‘ng, barcha xodimlar o‘z ishlarini tiklaydilar”, deb vaʼda bergan.
Насиба Тўхтаева







