Bolgariyada ham keng miqyosda o‘rmon yong‘inlari boshlandi
NOVA телеканали хабарига кўра, Болгария жануби-ғарбида кенг миқёсда ўрмон ёнғинлари бошланди.


Ayniqsa, Kyustendil shahridagi vaziyat eng murakkab bo‘lib qolmoqda: shahar atrofidagi turar-joylar zarar ko‘rgan, jarohatlanganlar bor. Ayrim qishloqlar aholisi evakuatsiya qilingan.
Plovdiva, Pazardjika, Pernika, Kyustendila va Blagoyevgrada tumanlarida o‘t o‘chiruvchilarga harbiylar va ko‘ngillilar yordamga kelgan.
So‘nggi kunlarda Bolgariyada issiq harorat tufayli yong‘in xavfining ekstremal darajasi eʼlon qilingan. O‘t o‘chiruvchilar 400ga yaqin alanga o‘choqlari borligi haqida xabar berishgan. Qurg‘oqchilik va shamol tufayli alanga tez hamda keng miqyosda yoyilmoqda.
Oldinroq, Turkiyaning kosmik razvedka sunʼiy yo‘ldoshlari mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlari va ularning oqibatlarini suratga olganini xabar qilgan edik.
Sharofat Mahmudova







