Jahon

Bosqinchiga psixiatrik ekspertiza tayinlandi

Bugun Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosiga kirib, binodagi odamlarni portlatish bilan tahdid qilgan erkak kishi haqida xabar bergan edik.

Bosqinchiga psixiatrik ekspertiza tayinlandi

 

Erkakning tanishi u bilan muzokara olib borayotgan vaqtda politsiyachilar uni xavfsizlantirishdi va binodan olib chiqishdi.

Aniqlanishicha, uning ismi Vladimir Proxnich bo‘lib, u ayni paytda  Kiyevning Irpen shahrida tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Proxnichni  2015 yilda Petr Poroshenko  3 darajali “Mardlik” ordeni bilan taqdirlagan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Vladimir Proxnich 1978 yilda tug‘ilgan. U Lugansk viloyatining Schastye shahrida xizmat qilgan. IIV manbasining aytishicha, u “Aydar” batalyonida sapyor bo‘lgan va urushda bosh miyasidan  jarohat olgan.

Proxnich o‘zining Facebook sahifasida Irpenga qo‘shni bo‘lgan Bucha shahrida fuqarolik faoliyati bilan shug‘ullanishini bildirgan. Uning sahifasida "Buchanskaya varta" tashkilotining surati ham bor.

Tashkilot yetakchilaridan biri - Vasiliy Olesyuk bugun u bilan muzokara olib borib, taslim bo‘lishga ko‘ndirdi.

Ukraina prokuraturasi Vladimir Proxnichning harakatlari sababi haqida qisqa maʼlumot berdi: unda aytilishicha, Proxnich hukumat ishi va sobiq harbiylarning moliyaviy ahvolidan norozi bo‘lgan. 

IIV rahbari Denis Monastirskiyning so‘zlariga ko‘ra, terrorchiga psixiatrik ekspertiza tayinlandi.

Agar ekspertiza uni aybsiz deb topsa, sobiq harbiy qamoq jazosidan qutulib qolishi mumkin.

 

Sharofat Mahmudova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bosqinchiga psixiatrik ekspertiza tayinlandi | Zamon.uz