Mattel kompaniyasi dunyoga mashhur ayollarning Barbi qo‘g‘irchog‘i qiyofasini yaratishga kirishdi
Mattel kompaniyasi AstraZeneca vaksinasi ustida ishlagan professor-vaksinolog Sara Gilbertning Barbi qo‘g‘irchog‘i qiyofasini yaratdi.


Professorning aytishicha, kompaniya taklifi unga dastlab g‘alati tuyulgan, ammo keyinchalik u bunday “barbi”larning ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohalarida (STEM , Science, Technology, Engineering and Mathematics) karyera qilishga ilhomlantirishiga umid qilgan.
“Mening qiyofamdagi “qo‘g‘irchog‘im” bolalarga ular oldin bilmagan kasblar, jumladan, vaksinologiya haqida maʼlumot berishi va shu sohaga qiziqishini istardim”, - degan olima The Guardian nashriga bergan intervyusida.
Mattel ilm-fan va texnologiya sohasida (STEM) katta yutuqlarga erishgan yana 5 nafar ayolga bag‘ishlangan Barbi ishlab chiqqan. Ular orasida ko‘pmartalik himoya kostyumini yaratgan avstraliyalik olim Kibri Uayt va braziliyalik Jaklin Goes de Jezus ham bor.
Sharofat Mahmudova







