“O‘zavtosanoat” tizimida mahsulotlar tannarxini 2,6 foizga pasaytirish choralari ko‘riladi
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ikkinchi yarim yillikda yirik tarmoq sanoat korxonalarida 86 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlash zarurligi qayd etildi.

Jumladan, “O‘zbekneftgaz” mutasaddilariga 9 oy yakuni bilan 25,4 milliard kub metr va yil oxirigacha – 34,1 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarishni taʼminlash vazifasi berildi.
“O‘zavtosanoat” tizimida investitsiya dasturiga asosan 11 ta loyiha doirasida jami 153 million dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish, mahsulot tannarxini 925 milliard so‘mga yoki 2,6 foizga pasaytirish, eksport hajmini yil yakuniga qadar 385 million dollarga yetkazish yoki 1,7 barobarga oshirish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, «Minsk traktor zavodi»dan kelayotgan traktorlarning mahalliylashtirish darajasini yil oxiriga qadar 25 foizgacha yetkaziladi.







