Shvetsiyada koronavirus bo‘yicha eng yirik tadqiqot amalga oshirildi
Shvetsiyaning Umea universiteti olimlari koronavirusdan keyingi dastlabki ikki haftada infarkt va ishemik insult xavfi sezilarli darajada oshishini maʼlum qildi.

Infeksiyaning yurakka taʼsirini bilish uchun mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqotda 86 mingdan ortiq odam qatnashdi.
Bu koronavirus bilan yurak -qon tomir kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik tadqiqot sifatida baholanmoqda.
Olimlarning taʼkidlashicha, koronavurus kasalligidan keyingi dastlabki ikki haftada o‘tkir miokard infarkti va insult xavfi qariyb uch baravar oshadi.
Bu xavf, albatta, yosh, jins va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni ham o‘z ichiga oladi.







