O'zbekiston

Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari belgilandi

Prezident tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.

Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari belgilandi

 

 

Hujjatga muvofiq:

  • O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Agentlik kengashi;

  • Agentlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

  • Agentlik huzurida Strategik tashabbuslar akseleratori tashkil etiladi.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash;

  • mamlakatda investitsiya muhitini va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, hududlar va tarmoqlarning raqobatbardoshligini yana-da oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

  • iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini shakllantirish va doimiy yuritish, shu asosda davlat organlarining investitsiya muhitini yaxshilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;

  • Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati, shuningdek Prezidentning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisining loyiha ofisi ishini tashkil etish;

  • investorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash, yirik strategik muhim va yuqori samarador investitsiya loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish, shuningdek ularni yana-da qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;

  • hududlar va tarmoqlarning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini yana-da oshirish strategiyasi va siyosatini belgilash, erkin iqtisodiy zonalardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar.

Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • Davlat byudjeti, jamg‘arma mablag‘lari;

  • Agentlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari;

  • vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;

  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Agentlik daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi. Agentlikka bosh direktor rahbarlik qiladi, u uch nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Agentlik xodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlari, byudjet mablag‘lari hisobidan ish haqi miqdorlari, tibbiy xizmat va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.

Agentlik kengashi quyidagilarni tasdiqlaydi:

  • Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlarni;

  • Agentlik tomonidan ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, «yo‘l xaritalari» va dasturlarni;

  • xarajatlar smetasini, Agentlik xodimlarining mehnatga haq to‘lash shartlarini, shuningdek Agentlik hamda u tomonidan tashkil etiladigan loyiha ofislari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini.

Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Agentlik kengashi tarkibi va Agentlik kengashi to‘g‘risidagi nizom;

  • boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining markaziy apparati tuzilmasi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Strategik rivojlanish agentligining asosiy vazifalari belgilandi | Zamon.uz