Tolibon: "Boshqa afg‘on amaldorlariga ham hujum uyushtiriladi"
Afg‘oniston mudofaa vaziri uyiga qilingan hujumlar boshqa amaldorlarga nisbatan ham davom ettiriladi. Bu haqda “Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohid maʼlum qildi.

“Kechagi otishma mamlakat amaldorlariga qarshi boshlangan hujum amaliyotining boshlanishidir”, - deb taʼkidladi Mujohid.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Afg‘oniston mudofaa vaziri uyiga qurolli hujum uyushtirilgandi.
Afg‘onistondagi vaziyat AQSH va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi ortidan keskinlashib ketdi. Mamlakatda “Tolibon” va rasmiy hukumat o‘rtasida to‘qnashuvlar avj olmoqda.
Jahongir Qo‘ziyev







