Jahon

Turkiyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari kosmosdan suratga olindi

Turkiyaning kosmik razvedka sunʼiy yo‘ldoshlari mamlakatdagi o‘rmon yong‘inlari va ularning oqibatlarini suratga oldi.

Turkiyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari kosmosdan suratga olindi

 

Suratlar Turkiya Mudofaa vazirligi tomonidan chop etildi.

 

Yuqori aniqlikdagi sunʼiy yo‘ldoshlar orqali Manavgat va Marmarisdagi o‘rmon yong‘inlari va uni o‘chirilgandan keyingi holat yozib olingan. Fotosuratda o‘rmonlar kulga aylanganini ko‘rish mumkin.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, bu rasmlar yong‘inlarni o‘chirishga yordam beradi.

 

Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, Turkiyada o‘rmon yong‘inlari 27 iyul kuni boshlangan. 1 avgust holatiga ko‘ra tabiiy ofat qurbonlari soni olti kishiga yetgan. 98 ta yong‘inning 88 tasi o‘chirilgan. 29 iyul kuni Erdog‘an hukumat yong‘inni o‘chirish uchun barcha kuchlarni safarbar qilganini aytgan edi. Prezident maʼmuriyatining xabar berishicha, yong‘inlarni o‘chirishga 1,1 mingdan ziyod texnika, shu jumladan, Rossiyaning uchta Be-200 amfibiya samolyoti jalb qilingan. 30 iyul kuni Bodrum sayyohlik shahri meri Ahmed Aras o‘rmon yong‘ini o‘chirilgani va evakuatsiya qilingan sayyohlar mehmonxonaga qaytarilganini eʼlon qilgani haqida yozgan edik.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari kosmosdan suratga olindi | Zamon.uz