Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov Prezident Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi
Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakatni boshqara olmasligi va uni saylash “dahshatli xato” bo‘lganini aytdi.

“Shu millat yetakchisimi? Uni hech bo‘lmasa ikki daqiqa eshitishga harakat qilib ko‘ring. Bu Ukraina uchun “dahshatli xato”, dedi sobiq bosh vazir NewsOne telekanaliga bergan irtervyusida.
Azarovning fikricha, Ukrainada siyosiy elita mavjud emas. U gaplariga “Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi yetakchisi Viktor Medvedchukni sudya va prokurorlar noqonuniy kuzatganini asos qilib keltirgan.
“Men odamlarni xafa qilishni istamayman, ammo qandaydir savodxonlik, fikrlash alomatlari, tafakkur kerak-ku. ”, - degan sobiq bosh vazir.
Sharofat Mahmudova







