Yuk mashinasi va jamoat transporti ishtirokida YTH yuz berdi
YTH Moskvaning Borovsk yo‘lida sodir bo‘lgan.

Voqea paytida jamoat transporti ichida 30 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Avariya sabab ulardan 13 nafari jabrlangan.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bergan maʼlumotlarga ko‘ra shikastlanganlar orasida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan jarohatlanganlar soni ortishi mumkinligi aytilgan.







