AQSH mamlakatga kiruvchilar uchun majburiy vaksinatsiya talabini joriy etadi
Yangi tartib COVID-19 bilan zararlanish holati pasaya boshlashi bilan joriy etilishi rejalashtirilgan.


AQSH Prezidenti Baydenning rejasiga ko‘ra, cheklov choralarini yumshatish uchun mamlakatga kirayotganlar emlangan bo‘lishi shart. Bu haqda Reuters Oq uydagi manbalariga tayanib xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, AQSH hukumati xalqaro turizmni tiklamoqchi. Ammo Vashington buning evaziga cheklovlarni zudlik bilan olib tashlashga tayyor emas.
Sharofat Mahmudova







