Dunyo miqyosida koronavirus bilan kasallanganlar soni 200 milliondan oshdi
Bu haqda Jon Xopkins universiteti xabar qilmoqda.

Tashkilot hisob-kitobiga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 200 193 983 nafarga yetdi. O‘lim holati 4 256 252 tani tashkil etmoqda.
Eng ko‘p kasallanish holati AQSHda (35 milliondan ortiq ) qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Hinsdiston (31,7 million), uchinchi o‘rinni Braziliya (20 million) egalladi.
Vaksinatsiya bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda, aholiga 1 milliard 700 milliondan ortiq vaksina dozasi yuborilgan. Ikkinchi o‘rin – Hindiston (485 million doza), uchinchi o‘rinni AQSH (347 million doza) egallamoqda.
Sharofat Mahmudova







