Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 200 millionga yetdi
Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2021 yil 4 avgust holatiga ko‘ra, 200 millionga yetdi.

Pandemiya boshlangandan buyon 4 million 250 mingga yaqin bemor vafot etgan.
Hozirgi vaqtda AQSH, Hindiston, Braziliya, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Argentina, Kolumbiya va Ispaniya virus eng ko‘p tarqalgan davlatlar o‘ntaligiga kirgan.
Shuningdek, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 4 milliard 200 millionga yaqin doza vaksina qo‘llanilgan.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 132 901 nafarni, sog‘ayganlar 126 377 nafarni, vafot etganlar esa 901 nafarni tashkil etmoqda.







